14:29 / 08.02.2022
11815

Andijon shahrida maktab direktori pora bilan qo‘lga tushdi

Andijon shahridagi 41-maktab direktori 500 AQSh dollari va 2 mln so‘mni pora sifatida olayotganda qo‘lga tushgan. Bu haqda Kun.uz manbalari xabar bermoqda.

Foto: Prokuratura departamenti

U bir o‘qituvchini ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktori o‘rinbosari vazifasiga tayinlash uchun 300 AQSh dollari va boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisining dars soatini ko‘paytirib berish evaziga 200 AQSh dollari hamda 2 mln so‘m miqdoridagi pul mablag‘larini pora sifatida talab qilgan.

Avvalroq, Asaka tumanidagi 4-maktab direktori “U.M.”ni maktabning qozonxonasiga ko‘mir yoquvchi vazifasiga ishga qabul qilish uchun undan pora talab qilgani haqida xabar bergan edik.

Hozirda maktab direktorlariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 210-moddasi («Pora olish») 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid
Top