Farğonaning Buvayda tumani 37-maktabda rasman işlanmaydigan bayram kunlarida ham pedagoglar tun-u kun navbatçilikka majburlangani holati yuzasidan Davlat mehnat inspeksiyasi örganiş olib bordi.
Natijalarga köra, xodimlarga mehnat qonunçiligiga muvofiq ikki hissa miqdorida iş haqi tölab beriş böyiça iş beruvçiga yozma körsatma kiritilgan. Mehnat qonunçiligi talablarini buzgan maktab direktoriga nisbatan MJtKning 49-moddasi (Mehnat va mehnatni muhofaza qiliş töğrisidagi qonunçilikni buziş)ga asosan javobgarlik çorasi körilgan.
“Mehnat qonunçiligi buzilişini, şuningdek ularning kelib çiqişiga sabab böladigan şart-şaroitlarni bartaraf etiş töğrisida yuqori turuvçi taşkilotga taqdimnoma kiritildi”, – deyiladi rasmiy xabarda.
Avvalroq mana şu vaziyatlar fonida Farğona viloyati maktabgaça va maktab ta’limi boşqarmasi direktor işdan ozod qilinganini ma’lum qilgandi. Mehnat inspeksiyasi boşliği Nilufar Amanniyazovaning Daryo.uz naşriga aniqlik kiritişiça, boşqarma maktab direktorini lavozimidan böşatişda mehnat qonunçiligini buzgan.
“Maktab direktori bilan suhbatlaşilganda mehnat şartnomasi bekor qilinganidan xabari yöqligini bildirdi. Iş beruvçi direktor bilan mehnat şartnomasini bekor qilişda qöpol qonunbuzilişga yöl quygan. Inspeksiya nafaqat öqituvçilar mehnat huquqlarini himoya qiladi, balki maktab direktori işga tiklanişini ham ta’minlaydi”, degan inspeksiya rahbari.
Qolaversa, Amanniyazova dam oliş va bayram kunlari işga jalb qilişda xodim roziligi olinişi kerakligi hamda qonunçilikka muvofiq tölovlarni ham amalga oşiriş lozimligini aytgan.
Ma’lumot uçun, amaldagi Mehnat kodeksining 209-, 210-moddalariga








