10:26 / 05.05.2022
8285

Toshkentdan Farg‘ona va Namanganga qo‘shimcha parvozlar yo‘lga qo‘yildi

2022 yil 5 may kuni Uzbekistan Airways AJ Farg‘ona va Namanganga qo‘shimcha qatnovlarni amalga oshiradi.

Foto: Kun.uz

Aviakompaniya xabariga ko‘ra, bu Farg‘ona vodiysida noqulay ob-havo sharoiti yuzaga kelgani hamda yo‘lovchilarga harakatlanish uchun qulaylik yaratish maqsadida qilinmoqda.

Qo‘shimcha aviaqatnovlar quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi (mahalliy vaqt bilan):

HY-085/086 Toshkent – Farg‘ona – Toshkent yo‘nalishi
Toshkentdan jo‘nab ketish 15:00, Farg‘onaga yetib borish 16:00, Farg‘onadan jo‘nab ketish 17:00, Toshkentga yetib borish 18:00

HY-095/096 Toshkent – Namangan – Toshkent yo‘nalishi
Toshkentdan jo‘nab ketish 19:00, Namanganga yetib borish 20:00, Namangandan jo‘nab ketish 21:00, Toshkentga yetib borish 22:00.

Aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytidan 3 foizlik chegirma bilan, Uzbekistan Airways Sales filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkinligi aytilgan.

Bundan oldin Toshkent - Andijon - Toshkent yo‘nalishida poyezdlar harakati vaqtincha to‘xtatilishi xabar berilgandi.

Farg‘ona vodiysidagi noqulay ob-havo sharoiti va tog‘li hududlarda kuchli yog‘ingarchilik kuzatilganligi bois, poyezdlar harakati hamda yo‘lovchilarning xavfsizligini ta’minlash maqsad qilingan.

Yo‘lovchilarga xarid qilingan chiptalar qiymati 100 foiz miqdorda qaytarib beriladi.

Shuningdek, vodiy viloyatlarida harakatlanadigan elektropoyezdlar harakat jadvaliga ham o‘zgartirish kiritiladi.

Top