16:58 / 29.08.2022
7577

Pepsi Music Fest: yorqin va unutilmas bo‘lishi kutilmoqda

Bu yil ham Pepsi ixlosmandlarini mavsumning eng unutilmas hodisasi - Pepsi Music Fest 2022 tadbirlariga guvoh bo‘lish uchun chorlamoqdamiz!

Foto: Pepsi

Pepsi musiqa festivali — yoz mavsumidagi Pepsi Taste Challenge kampaniyasining yakuniy tadbiri. Ulkan Open-air Pepsi'ning an’anaviy "Ta’mlar jangi"dagi yana bir mutlaq g‘alabasiga bag‘ishlanadi!

Va biz ushbu tadbirni siz bilan birgalikda zo‘r kayfiyatda o‘tkazishga tayyormiz! Siz va do‘stlaringizni 9, 10, 11 sentabr kunlari — uch kunlik musiqa va raqs kechasida kutib qolamiz!

Festivalda haqiqiy qo‘shiqchi sifatida o‘zingni sinab ko‘rishing, raqs bo‘yicha mahoratingni namoyon etishing mumkin. Albatta, bularning hech biri sevimli ichimligimiz va mazali taomlarsiz o‘tmaydi.

Festival xedlaynerlari:

  • 9 sentabr kuni: mashhur Gayazov$ Brother$ guruhi — "Malinovaya lada", "Uvezite menya na Dip-xaus", "Ya, ty i more" kabi xit qo‘shiqlar ijrochilarining chiqishi;
  • 10 sentabr kuni: maftunkor xonanda Minelli va uning butun Yevropa, MDH mamlakatlarida ma’lum va mashhur — YouTube'da 220 million marotabadan ziyod tomosha qilingan Rampampam qo‘shig‘i ijrosi;
  • 11 sentabr kuni: ko‘p yillardan buyon mamlakatning top-chartlarini zabt etib kelayotgan Hammali & Navai dueti chiqishi.

Bundan tashqari, festival dasturidan poytaxtlik mashhur DJ'lar — DJ King Macarella, DJ Sam, DJ Pashkov, DJ Frost, DJ Gera va DJ Safronov'ning eng yorqin repertuarlari joy olgan. Yana raqs jamoalarining chiqishlari va fleshmoblarini ham tomosha qilamiz.

Festival kechalarida kayfiyatingiz yana ham ko‘tarinki bo‘lishi uchun maxsus mehmon, festival boshlovchisi – KVN Oliy ligasi chempioni, Osiyo MIX jamoasi yetakchisi – Eldiyar Kenensarov yaqindan ko‘maklashadi.

Va bu hali hammasi emas! Festivalga kelib, bu yilgi eng yirik open-air voqeligiga guvoh bo‘l!

Pepsi ritmida bo‘l!

Tadbir o‘tkaziladigan joy: Toshkent shahri, Hyatt mehmonxonasi va Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxonaning orqa tarafidagi maydon.

Tadbir soat 19:00 da boshlanadi.

Kirish bepul.

Batafsil ma’lumot instagram.com sahifasida.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top