22:34 / 04.02.2023
33250

O‘zbekiston Devis Kubogida AQSh tennischilariga yutqazdi 

Sportchilarimiz raqibga qarshi bahslarda birorta setda g‘alaba qozona olmadi. 

Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi

Toshkentda 3-4 fevral kunlari tennis bo‘yicha Devis Kubogining saralash bosqichi o‘tkazildi. 

O‘zbekiston milliy jamoasi tennischilari AQSh bilan bellashib, 0:4 hisobida yutqazdi va musobaqani tark etdi. 

Musobaqaning birinchi kunida Sergey Fomin va Makkenzi Makdonald kortga chiqdi. Bahs amerikalik tennischining 2:0 (6:4, 6:1) hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Biroz o‘tgach, Humoyun Sultonov raqibi Tommi Polga 0:2 (1:6, 6:7) hisobida yutqazdi. 

Musobaqaning ikkinchi kuni ham tennischilarimiz uchun omadsiz keldi. Sanjar Fayziyev va Sergey Fomin juftligi Ostin Kraychek/Rajiv Ram juftligiga 0:2 (2:6, 4:6) hisobida, Amir Milushev esa Denis Kudlaga 0:2 (4:6, 4:6) hisobida yutqazdi. 

Bu g‘alabadan keyin AQSh tennischilari sentabr oyida o‘tadigan Devis Kubogining 1/16 final bosqichiga yo‘l oldi.  

Top