08:37 / 05.02.2023
20646

Qamchiq dovonida yuk mashinasi yonib ketdi

Qamchiq dovonida 4 fevral kuni Mercedes-Benz yuk mashinasida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qildi

Qayd etilishicha, holat shu kuni soat 01:53 da A-373 avtomobil yo‘lining 227-kilometrida yuz bergan. Toshkent—Vodiy yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan Mercedes-Benz yuk mashinasida yong‘in yuzaga kelgani to‘g‘risida Qamchiq Maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasiga xabar tushgan.

Zudlik bilan voqea joyiga yong‘in-qutqaruv ekipajlari yetib borib, yong‘in soat 02:28 da to‘liq bartaraf etilgan.

Avtomashina yuk xonasida bo‘lgan mahsulotlarning asosiy qismi va haydovchining hayoti yong‘indan saqlab qolingan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Mavzuga oid
Top