Toshkent shahar FVBBga kelib tushgan murojaatga ko‘ra, hodisa Mirzo Ulug‘bek tumani Tinchlik ko‘chasi 5-sonli avtobus saroyi hududida kuzatilgan. Qutqaruv va yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga soat 02:22 da yetib borgan.

Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 02:32 da to‘liq o‘chirilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa joyida 5-avtosaroyga qarashli avtobus yongani va zararlangani aniqlangan.

Qayd etilishicha, yong‘in oqibatida jarohatlanganlar yo‘q. Hodisa sabablari va keltirilgan moddiy zarar miqdoriga oydinlik kiritish bo‘yicha tegishli tartibda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.