13:52 / 13.02.2023
8723

Daniya Ukrainaga CAESAR artilleriya qurilmalarini berdi

Daniya Ukrainaga Kopenhagen ixtiyorida bo‘lgan barcha CAESAR o‘ziyurar artilleriya qurilmalarini (O‘AQ) topshirdi. 

CAESAR artilleriyasi

Bunday ma’lumot Ukraina Mudofaa vazirligi tomonidan keltirildi. Mahkama taqdim etilgan qurilmalar soni va yetkazib berish sanasi bo‘yicha boshqa ma’lumotlarni keltirmagan.

Bundan oldin Yevropada eng yirik harbiy texnika ishlab chiqaruvchilardan biri, Germaniyaning Rheinmetall konserni Ukrainaga o‘zining yangi Panther jangovar tankini yetkazib bermoqchi ekani xabar qilingandi. 

Rheinmetall o‘tgan yozda Parijda bo‘lib o‘tgan 27-Xalqaro qurol-yarog‘ ko‘rgazmasi Eurosatory 2022'da Panther'ni namoyish qildi va uni dunyodagi eng kuchli jangovar tank deb atadi. Ukraina ushbu mashinaning birinchi xaridoriga aylanishi mumkin.

Avvalroq Rheinmetall birinchi 20-25 ta Leopard 1 tanklari 2023 yilda Ukrainaga yetkazilishini e’lon qilgan edi. 2024 yilning o‘rtalariga kelib, kamida uchta Ukraina bataloni ushbu jangovar mashinalar bilan jihozlanishi kerak. Qolgan 88 ta jangovar mashina 2024 yil oxirigacha Kiyevga topshiriladi. Bundan tashqari, Leopard 1 tanklari boshqa nemis ishlab chiqaruvchisi - Flensburger Fahrzeugbau Gesellschaft (FFG) tomonidan ham saqlanadi.

Niderlandiya va Daniya Germaniya bilan birgalikda Ukrainaga Leopard 1A5 tanklarini yetkazib berishda ishtirok etmoqda. Yanvar oyining oxirida Berlin Bundesver omborlaridan 14 ta Leopard 2 jangovar tanklarini Ukrainaga topshirishga qaror qildi.

Mavzuga oid
Top