11:52 / 13.02.2023
7742

Ukraina Britaniya qurollari ishlab chiqarishni boshlashi mumkin

London Ukrainada Britaniya qurollari ishlab chiqarishni boshlash bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. 

Foto: Getty Images

Britaniya mudofaa sanoatining yuqori martabali vakillari Kiyevdagi hamkasblari bilan ushbu rejalarni muhokama qilmoqda, deb yozadi The Telegraph gazetasi. 

Uning ma’lumotlariga ko‘ra, boshqa Yevropa mudofaa mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari ham Ukraina bilan shunday muzokaralar olib borishmoqda, Britaniya kompaniyalari esa fransuz va nemis raqobatchilaridan o‘zib ketishga intilmoqda, ularning vakillari litsenziya ostida qurol-yarog‘ va transport vositalari ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma korxonalar yaratish maqsadida Ukrainaga tashrif buyurishgan. 

Bunday qo‘shma korxonalar Kiyevni G‘arb qurol-yarog‘ini yetkazib berishdan mustaqilroq qiladi, deya qayd etadi gazeta. 

Bundan tashqari, kelishuv Buyuk Britaniya va Ukraina o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashda muhim qadam sifatida ko‘rilyapti.

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top