07:40 / 16.02.2023
10151

Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘ldi

Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 16 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 05:54 da Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘ldi

Zilzila koordinatalari: 36,46 gradus shimoliy kenglik; 70,83 gradus sharqiy uzunlik. 

Magnituda M=4. Chuqurlik 100 km. Zilzila episentri Toshkentdan 552 km janubi-sharqda.

15 fevral kuni Qirg‘izistonda 4 magnitudali zilzila sodir bo‘lgandi.

Top