11:37 / 20.02.2023
8182

Bloomberg: Rossiya va Xitoyning o‘g‘it bozoridagi roli AQShni xavotirga solmoqda

Ukrainadagi urush va undan keyingi oziq-ovqat inqirozi o‘g‘it ishlab chiqaruvchilarning dunyodagi strategik rolini belgilab berdi. 

Foto: almanac

Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi o‘g‘itlarning «global ta’sirning strategik dastagi» sifatidagi rolini ochib berdi, deb yozadi Bloomberg 20 fevral, dushanba kuni.

Ukrainadagi urush oziq-ovqat inqirozini keltirib chiqardi va bu eng boy mamlakatlarga qattiq ta’sir ko‘rsatdi. «Bu o‘g‘itlar va ularni boshqarayotganlarni dunyo siyosiy kun tartibining birinchi qatoriga olib chiqdi», deb ta’kidlaydi agentlik. 

Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoy o‘g‘itlar bozorida dunyo yetakchisi hisoblanadi - u 31,9 million tonna azot va 6,1 million tonna kaliy ishlab chiqaradi. Ikkinchi o‘rinda 11,2 million tonna azot va 9,5 million tonna kaliy bilan Rossiya, uchinchi o‘rinda 1 million tonna azot va 7,6 million tonna kaliy bilan Belarus joylashgan. Qo‘shma Shtatlar ushbu o‘g‘it ishlab chiqaruvchilar ro‘yxatida 13,3 million tonna azot va 369 ming tonna kaliy bilan to‘rtinchi o‘rinni egallaydi. 

Agentlik tahlilchilari fikricha, Xitoy, Rossiya va Belarusning dunyoda asosiy o‘g‘it yetkazib beruvchilari sifatidagi roli AQSh va boshqa mamlakatlarni tashvishga solmoqda. Shu bilan birga, Rossiyadan o‘g‘itlarni eksport qilish bo‘yicha cheklovlarni olib tashlash Moskva, Kiyev, Anqara va BMT o‘rtasidagi don bitimining bir qismi bo‘ldi, deb eslaydi Bloomberg. 

Top