13:00 / 20.02.2023
10758

Orban: Budapesht - Moskva bilan iqtisodiy aloqalar tarafdori

Vengriya bosh vazirining fikricha, Yevropa «Rossiya bilan bilvosita urush holatida», biroq munosabatlarsiz «o‘t ochishni to‘xtatish ham, tinchlik muzokaralari ham bo‘lmaydi».

Foto: AP

Budapesht Moskva bilan aloqalarni saqlab qolish niyatida va Yevropa Ittifoqi Ukrainaga bostirib kirgani uchun Rossiyaga qarshi yagona frontda qarshilik ko‘rsatishga urinayotganiga qaramay, boshqa mamlakatlarni ham shunday qilishga undaydi. Bu haqda Vengriya bosh vaziri Viktor Orban 18 fevral kuni xalqqa yillik murojaati chog‘ida ma’lum qildi.

«Biz Rossiya bilan iqtisodiy aloqalarni davom ettiramiz va butun G‘arb olamiga shuni tavsiya qilamiz, chunki munosabatlarsiz o‘t ochishni to‘xtatish ham, tinchlik muzokaralari ham bo‘lmaydi», — dedi Orban.

«Vengriya hukumati Rossiya Vengriya yoki Yevropa xavfsizligiga tahdid soladi, degan taxminni real deb hisoblamaydi», — deya qo‘shimcha qildi siyosatchi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa «urushga kirishish arafasida edi». «Aslida u allaqachon Rossiya bilan bilvosita urush holatida», dedi bosh vazir va Vengriyadan farqli o‘laroq, NATO va Yevropa Ittifoqining boshqa barcha a’zolari urushni qo‘llab-quvvatlashini qo‘shimcha qildi.

Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishi boshlanganidan keyin Vengriya Yevropa Ittifoqining Kiyevni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tashabbuslarini bir necha bor to‘sib qo‘ygan va unga qurol yetkazib berishda ishtirok etmagan. Shu bilan birga, Budapesht Moskvaga qarshi sanksiyalarning aksariyat qismini qo‘llab-quvvatladi, bosh vazir Viktor Orban esa Rossiya agressiyasini qoraladi.

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top