Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.
20 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 14:45 da Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi.
Zilzila koordinatalari: 37,53 gradus shimoliy kenglik; 71,8 gradus sharqiy uzunlik.
Magnituda M=4,2. Chuqurlik 178 km. Zilzila episentri Toshkentdan 471 km janubi-sharqda.
Ma’lumot uchun, 16 fevral kuni Tojikistonda 4 magnitudali zilzila sodir bo‘lgandi.