07:41 / 20.02.2023
12092

Zelenskiy: Ukraina navbatdagi qarshi hujumga tayyorlanmoqda

Ukraina Qurolli kuchlari Baxmutni kerak bo‘lguniga qadar himoya qiladi, dedi Volodimir Zelenskiy Italiyaning Corriere della Ser gazetasiga bergan intervyusida. 

Foto: president.gov.ua

«Biz uchun uni himoya qilish muhim, lekin bu kerak bo‘lguniga qadar amalga oshiriladi», dedi u. Baxmut qarshilik ko‘rsatayotgan bir paytda, Ukraina «navbatdagi qarshi hujumga» tayyorlanmoqda, deya tushuntirdi davlat rahbari. 

Zelenskiy, shuningdek, Kreml mojaroni cho‘zish bo‘yicha rejalariga qaramay, Ukraina qisqa urushga va unda g‘alaba qozonishga tayyorlanayotganini ta’kidladi.

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiyaning yaqin oylarda o‘z mamlakatiga qarshi urushda mag‘lubiyatga uchrashiga qat’iy ishonmoqda. 17 fevral kuni Myunxen xavfsizlik konferensiyasi ishtirokchilariga yo‘llagan videomurojaatida Zelenskiy: «Rossiya allaqachon yutqazishni boshlagan», dedi. 

Zelenskiy G‘arb davlatlariga Rossiya agressiyasiga qarshi kurashda harbiy yordam ko‘rsatgani uchun minnatdorchilik bildirdi: «Bizning g‘alabamizga muqobil yo‘q va qat’iyatimizga muqobil bo‘lishi kerak emas». 

Shu bilan birga, u qurol-yarog‘ yetkazib berish hali yetarlicha tez bo‘lmagan, deb hisoblaydi. Endi Putin o‘z tajovuzkorligi uchun vaqt orttirishga harakat qilmoqda. U hali ham ko‘p odamlarning hayotini yo‘q qilishi mumkin, «shuning uchun bizga tezlik kerak», deb tushuntirdi Zelenskiy. Bizning hayotimiz bunga bog‘liq, dedi u.

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top