11:53 / 23.02.2023
9231

Harbiylarni uy-joy bilan ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha choralar belgilandi

Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilariga ipoteka krediti taqdim etish orqali uy-joy bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaror qabul qilindi.

Foto: Kun.uz

Ilgari turar joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun harbiy xizmatchilarga  pul kompensatsiyasini to‘lash turar joy sotib olish (qurish) uchun uzoq muddatli imtiyozli ipoteka krediti bo‘yicha dastlabki badal o‘tkazilgan kundan boshlab to‘liq 12 oy o‘tgandan keyin to‘xtatilar endi. Endilikda to‘lovlar uy-joy belgilangan tartibda foydalanishga topshirilgunga qadar to‘lanadi.

Shuningdek, kompensatsiya olish uchun harbiy xizmatchilar o‘zining va turmush o‘rtog‘ining nomida shaxsiy turar joy mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma taqdim etishi lozim.

Top