Uy-joy insonlarning eng birinçi ehtiyoji bölgani uçun uning narxi bilan boğliq ma’lumotlar doim diqqat-markazimizda böladi. Çunki şaxsiy uy-joyga ega böliş ijara narxlarining qimmatligi boisidan xarajatlarning sezilarli darajada qisqarişiga va yaşaş şaroitining yaxşilanişiga yordam beradi. Kun.uz Markaziy Osiyoning yirik şaharlaridagi kvartira narxlari va uşbu şaharlarda örtaça oylik daromadga nisbatan uy xarid qoliş qobiliyati qanday ekanligini tahlil qildi.

Özbekiston: Toşkent va Samarqand

2025 yilga kelib Toşkent şahrida uy-joy narxlari barqarorlaşa boşladi. Xususan, birinçi yarim yillik yakunlari böyiça Özbekiston poytaxtida 1 kv metr uçun örtaça narx birlamçi bozorda 14 mln 540 ming sömni (1200 dollar) taşkil etgan. Bu körsatkiç Samarqand şahrida 11 mln 170 sömg. Toşkent şahrida 60 kvadrat metrli uyni birlamçi bozordan xarid qiliş narxi uşbu hududdagi 7 yilu 2 oylik örtaça maoşga, Samarqandda esa 12 yil 7 oylik örtaça maoşga teng.

Umuman olganda ayni paytda Toşkent şahrida narxlarning özgarişi deyarli «muzlab» qoldi. Bu köçmas mulkning investitsiyaviy foydaliligini ham sezilarli darajada kamaytiradi. Hozirdagi daromadlilik bilan «sotib olasan → tezda qayta sotasan → köp pul topasan» modeli işlamaydi. Endi bu köproq «sotib olasan → uzoq kutasan → balki pul toparsan» körinişiga özgargan.

Qozoğiston: Ostona va Olmaota

Qozoğiston uy-joy bozorida ham narxlarning ösişi davom etyapti. Mamlakat Milliy statistika byurosi ma’lumotlariga köra, Ostona şahrida yangi uylarning 1 kvadrat metri uçun örtaça narxi 618 ming tengeni (1128 dollar), ikkilamçi bozorda esa 664 ming tengeni (1212 dollar) taşkil etdi. Olmaotada esa örtaça körsatkiç yangi uylar uçun 648 ming tenge (1182 dollar), ikkilamçi bozorda 692 ming tenge (1263 dollar). Joriy yilning 1 iyul holatiga köra, Qozoğiston poytaxtida örtaça oylik 598 ming tengeni (1091 dollar), Olmaotada esa 563 ming tengeni (1027 dollar) taşkil etgan.

Yuqoridagi raqamlardan kelib çiqadigan bölsak, 60 kvadrat metrli uyni birlamçi bozordan xarid qiliş narxi Ostonada 5 yilu 2 oylik, Olmaotada 5 yilu 9 oylik örtaça maoşga teng.

Foto: inbusiness.kz

Qirğiziston: Bişkek va Öş

Qirğiziston poytaxtida uy-joy narxlari yillik inflatsiya sur’ati va ötgan yilgi körsatkiçlardan ança tez qimmatlayapti. Xususan, Bişkekda sentabr oyi holatiga köra birlamçi bozorda 1 kvadrat metr uçun örtaça narx 1404 dollarni taşkil etgan. Narxlarning şiddat bilan oşişiga köp qavatli uylar quriş uçun böş yer uçastkalari yetişmasligi, aholi turmuş darajasining yaxşilangani fonida talabning oşişi, quriliş materiallari narxining kötarilişi kabi omillar ta’sir körsatgan. Qirğizistonning ikkinçi yirik şahri Öşda 1 kvadrat metr uçun örtaça narxlar 780 dollar atrofida şakllangan.

Yuqoridagi raqamlardan kelib çiqadigan bölsak, 60 kvadrat metrli uyni birlamçi bozordan xarid qiliş narxi Bişkekda 11 yilu 10 oylik, Öşda 10 yilu 2 oylik örtaça maoşga teng.

Tojikiston: Duşanbe

Duşanbeda ham uylarning örtaça narxi joylaşuviga qarab sezilalrli darajada özgarib turadi. Köçmas mulk savdosi bilan şuğullanuvçi Etaji portali ma’lumotlariga köra, yil boşida Tojikiston poytaxtida 1 kavdrat metr uçun narxlar 11085 somoniy yoki 1190 dollarni taşkil etgan. Duşanbeda 60 kvadrat metrli uyni birlamçi bozordan xarid qiliş narxi 15 yilu 7 oylik örtaça maoşga teng. 

Foto: Sputnik

Turkmaniston: Aşxobod

Aşxobod köçmas mulk bozori böyiça deyarli ma’lumotlar yöq. Siyosiy çeklovlar tufayli mustaqil narx kuzatuvlari olib borilmaydi. Ayrim manbalarda keltirilişiça, şaharda 1 kvadrat metr uçun örtaça narxlar 2900 – 3100 dollar atrofida. Narxlarning juda ham qimmatligi sönggi yillarda valuta kursining barqaror emasligi, yangi quriliş loyihalariga ruxsat olişning juda ham murakkabligi va oğir talablar bilan izohlanadi.

Xulosa örnida şuni aytiş lozimki, 2025 yilga kelib Özbekiston va Qozoğiston bozoridagi uy-joy narxlarining oşişi ança barqarorlaşgan. Qirğizistonda esa şiddatli öşiş kuzatilyapti. Tojikistondagi narxlarning şakllanişi mehnat muhojirlaridan keladigan daromadlarning hajmiga bevosita boğliq. Çeklangan taklif fonida Aşxobod mintaqadagi eng qimmat köçmas mulk bozoriga ega şaharga aylangan.

Doston Ahrorov tayyorladi