Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston kelasi qishda gaz eksportini to‘xtatishi mumkin
Agar eksport to‘xtatilmasa, Qozog‘iston ichki bozorda gaz taqchilligiga duch kelishi mumkin.
Foto: Timur Batyrshin
Qozog‘istonda 2024 yil kuz-qish mavsumida gaz taqchilligi bo‘lmaydi, ammo faqat eksport to‘xtatilgan taqdirda, dedi QazaqGaz boshqaruvi raisining marketing bo‘yicha o‘rinbosari Arman Kasenov.
Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilda Qozog‘istonda gaz iste’moli 21 mlrd kub.m.ni tashkil qilgan, eksport - 5 mlrd kub.m. Bashoratga ko‘ra, 2030 yilga borib Qozog‘istonda gaz iste’moli hajmi 40 mlrd kub.m.gacha oshadi.
«Qozog‘istonda gaz iste’molining o‘sishini hisobga olsak, QazaqGaz keyingi kuz-qish mavsumida gaz eksportiga umid qila olmaydi», dedi Kasenov.
2023 yil holatiga Qozog‘istonda qazib olinadigan gaz zaxiralari 3,8 trln kub.m.ga baholanmoqda. 2015 yildan 2021 yilgacha mamlakatda gaz iste’moli qariyb 7 mlrd kub.m.ga oshgan.
O‘sib borayotgan iste’mol darajasiga asosan mutaxassislar Qozog‘istonda 2024 yildan boshlab gaz taqchilligini bashorat qilishgan edi. Hozir Qozog‘istonni gazlashtirish loyihasi doirasida Rossiya-Qozog‘iston-Xitoy xalqaro gaz quvurini qurish loyihasi ishlab chiqilmoqda.
Rossiyaning «Gazprom» kompaniyasi 2003 yilda Qozog‘istondan tabiiy gaz sotib olishni boshlagan edi. 2020 yilda 5,7 mlrd kub.m. gaz sotib oldi.
Mavzuga oid
18:32
«Kelin o‘g‘irlash» ortidan sodir etilgan qotillik Qozog‘istonni larzaga soldi
17:52 / 20.01.2026
To‘qayev Qozog‘istonda vitse-prezident lavozimini tiklashni taklif qildi
10:51 / 20.01.2026
Vengriyaning MOL kompaniyasi Serbiyadagi NIS’da “Gazprom” ulushini sotib oladi
16:04 / 17.01.2026