10:18 / 28.02.2023
8494

Germaniya Rossiyani SHQ-3 shartnomasiga rioya qilishga chaqirdi

Yadro urushida «hech qachon g‘alaba qozonib bo‘lmaydi va u hech qachon olib borilishi kerak emas», dedi Annalena Berbok. U Vladimir Putinning Rossiya SHQ-3'ni to‘xtatib qo‘ygani haqidagi bayonotini «mas’uliyatsizlik» deb atadi.

Foto: AP

Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok Rossiyani strategik hujum qurollarini yanada qisqartirish va cheklash choralari to‘g‘risidagi SHQ-3 shartnomasiga rioya qilishga chaqirdi. Germaniya tashqi ishlar vazirligi rahbari 27 fevral, dushanba kuni Jyenevada qurolsizlanish bo‘yicha konferensiyada so‘zlagan nutqida, kelishuv «global barqarorlik va xavfsizlikning kafolatidir» dedi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Rossiyaning AQSh bilan kelishuvdagi ishtirokini to‘xtatmoqchi ekanligi haqidagi bayonoti «mas’uliyatsizlik» edi. Rossiya yadro urushida «hech qachon g‘alaba qozonib bo‘lmasligini va u hech qachon olib borilishi kerak emasligini» tan olishi lozim.

SHQ-3 Rossiya va Qo‘shma Shtatlar o‘rtasidagi yadroviy qurollarni nazorat qilish bo‘yicha oxirgi shartnoma bo‘lib qolmoqda. Unga ko‘ra, Vashington va Moskva yadroviy kallaklar sonini 1550 donaga kamaytirishga va o‘q otish moslamalari, og‘ir bombardimonchi samolyotlar sonini 700 tagacha cheklashga va’da bergan. Xususan, u AQSh va Rossiyaning o‘zaro qurol nazorati uchun bir-biri harbiy yadroviy obektlarini o‘zaro tekshirishini nazarda tutgan.

Shartnoma 2010 yil 8 aprelda Pragada Rossiya va AQShning o‘sha paytdagi prezidentlari Dmitriy Medvedev va Barak Obama tomonidan imzolangan, 2011 yil 5 fevralda kuchga kirgan, 10 yilga tuzilgan va tomonlarning o‘zaro kelishuvi bilan yana 5 yilga uzaytirilishi mumkin. Bu 2021 yil 29 yanvarda, prezident Putin SHQShni 2026 yil 5 fevralgacha uzaytirish to‘g‘risidagi qonunni imzolaganida amalga oshirildi.

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top