07:41 / 28.02.2023
4874

Litvaning yangi elchisi O‘zbekistondagi vazifasini bajarishga kirishdi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov Litva elchisi (qarorgohi Ostona shahrida) Gintautas Vasyulisdan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi.

Foto: Dunyo

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston - Litva munosabatlarini faollashtirishga ikki tomon ham tayyor ekani tasdiqlandi, turli sohalarda hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha aniq takliflar muhokama qilindi, mintaqaviy va xalqaro tuzilmalar doirasidagi o‘zaro hamkorlik masalalari yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.

Gintautas Vasyulis 2020-2022 yillarda Litvaning O‘zbekistondagi diplomatiya missiyasiga rahbarlik qilgan Eytvidas Bayarunasni almashtirdi.

Mavzuga oid
Top