Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vilnyusda OAV erkinligi bo‘yicha so‘nggi yillardagi eng yirik namoyish bo‘lib o‘tdi
Litva poytaxti Vilnyusda minglab odamlar LRT davlat teleradiokompaniyasi faoliyatiga oid qonunga taklif etilgan o‘zgarishlarga qarshi namoyishga chiqdi. Namoyishchilar hukumat koalitsiyasining tashabbusida OAV erkinligiga tahdid ko‘rmoqda. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, seshanba, 9 dekabr kuni Vilnyusdagi parlament (Seym) binosi oldida taxminan 10 mingga yaqin kishi to‘plandi.
Foto: AP
Norozilik aksiyasi, jumladan, teleradiokompaniya bosh direktorini ishdan ozod etish tartibini soddalashtirishni ko‘zda tutuvchi o‘zgarishlarga qarshi yo‘naltirilgan edi. Namoyishni tashkil etuvchilarga ko‘ra, taklif etilayotgan tuzatishlar konstitutsiyaga zid, Yevropa huquqi me’yorlariga to‘g‘ri kelmaydi va LRT yaratayotgan kontentga siyosiy aralashuv uchun zamin yaratadi.
Hukumat koalitsiyasidagi «Zarya Nemana», «Litva dehqonlar va yashillar ittifoqi» hamda «Xristian oilalar ittifoqi» partiyalari tomonidan ishlab chiqilgan va noyabr oyi oxirida Seym tomonidan birinchi o‘qishda ma’qullangan qonun loyihasiga ko‘ra, LRT kengashi endi bosh direktorni oldingiday uchdan ikki qismi emas, oddiy ko‘pchilik ovoz bilan ishdan olish huquqiga ega bo‘ladi. Shuningdek, uni vazifasidan chetlatishni «jamoat manfaati» bilan asoslash talabi ham bekor qilinadi.
Bundan tashqari, hukumat koalitsiyasi deputatlari deyarli bir ovozdan 2026–2028 yillar davrida LRT budjeti miqdorini «muzlatib qo‘yish» (oshirmaslik) uchun ham ovoz berdi.
Mediakompaniya xodimlari, shuningdek Yevropa Kengashi, Yevropa teleradiodasturlar ittifoqi (EBU) va turli jurnalistlar kasaba uyushmalari ogohlantirishicha, ushbu o‘zgarishlar Litva jamoat teleradiotarmog‘ining mustaqilligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Mavzuga oid
11:08 / 06.12.2025
Litva Belarusdan kelayotgan meteozondlar tufayli favqulodda holat joriy qiladi
10:03 / 03.12.2025
Litva 2026 yilda armiyaga 5 ming kishini chaqirishni rejalashtirmoqda
14:58 / 02.12.2025
YeI Litvaga qarshi gibrid hujumlar sabab Belarusga yangi sanksiyalar tayyorlamoqda
11:03 / 02.12.2025