15:12 / 28.02.2023
18631

Namanganda 25 nafar bolani olib ketayotgan «Damas» haydovchisi aniqlandi

Namangan tumanida o‘tkazilgan reyd davomida «Damas» rusumli avtomashina to‘xtatildi. 

Videodan kadr

Namangan viloyati IIB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, yo‘l-patrul xizmati xodimlari to‘xtatilgan avtomashinada 25 nafar bola olib ketilayotganini aniqlashgan. Avtomobil old o‘rindig‘ida ham bir ayol bo‘lgan.

Haydovchi har kuni bolalarni bog‘chadan olib ketishini, shu kuni bolalar soni ko‘payganini aytdi.

Inspektorlar haydovchiga uning qilmishi bolalar hayotini xavf ostiga qo‘yishini tushuntirib, kelajakda bunday holatga yo‘l qo‘ymaslik haqida qattiq ogohlantirdi.

Haydovchiga nisbatan belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘rilgani aytiladi.

Top