18:36 / 01.03.2023
8678

O‘zbekiston non narxi arzon bo‘lgan davlatlar qatoriga kirdi

Yarim kg vaznga ega bulka non qiymati bo‘yicha dunyo davlatlari reytingi tuzildi.

O‘zbekiston non narxi arzon bo‘lgan dunyodagi 5 ta davlat qatoriga kirdi. Bu haqda Numbeo ma’lumotlariga tayanib Energyprom xabar berdi.

Dunyoda nonning eng past narxi Tunisda qayd etilgan. Bu mamlakatda yarim kilogramm non 0,14 dollar (1596 so‘m) turadi. Undan keyingi o‘rinlarni Jazoir (0,16 dollar yoki 1824 so‘m) va Liviya (0,34 dollar yoki 3875 so‘m) egallab turibdi.

Kuchli beshlikni Qozog‘iston (0,36 dollar yoki 4102 so‘m) va O‘zbekiston (0,37 dollar yoki 4216 so‘m) yakunlab bergan.

MDH davlatlarida 0,5 kg vaznli bulka non Ozarboyjonda 0,39 dollar, Moldovada 0,43 dollar, Ukrainada 0,58 dollar, Rossiyada 0,61 dollar, Belarusda 0,64 dollar, Armanistonda 0,65 dollar turadi.

Dunyoda non narxi eng qimmat bo‘lgan davlatlar: AQSh - 3,27 dollar (37260 so‘m), Shveytsariya - 3,21 dollar (36577 so‘m) va Islandiya - 2,93 dollar (33387 so‘m).

Top