16:15 / 02.03.2023
3614

Daniya yuk aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni boshlaydi

Foto: Uzbekistan Airpors

Daniyaning Maersk Air Cargo yuk aviakompaniyasi Billund — Navoiy — Xanchjou — Navoiy — Billund yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda. Yuk tashuvchisining birinchi parvozi 2023 yil 20 martga belgilangan.

Maersk Air Cargo aviakompaniyasi boshida haftasiga olti marta reyslarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda, keyinchalik reyslar haftasiga 36 martagacha ko‘payadi. Boeing 767 yuk samolyotlari Daniyadan O‘zbekiston orqali Xitoyga va ortga uchadi. «Navoiy» aeroporti aviakompaniya samolyotlarini texnik qo‘nish, yonilg‘i quyish va ekipajni almashtirish uchun tranzit punktiga aylanadi.

Maersk Air Cargo shtab-kvartirasi Daniyaning Billund shahrida joylashgan Daniya yuk aviakompaniyasidir. Kompaniya 2022 yilda Maersk logistika guruhi tarkibiga kiruvchi Star Air aviatashuvchisi negizida tashkil etilgan.

Mavzuga oid
Top