07:36 / 06.03.2023
16157

Tojikistonda ikkita zilzila sodir bo‘ldi

Tojikistonda ikkita zilzila qayd etildi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qilmoqda.

6 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 02:26 da Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila koordinatalari: 37,94 gradus shimoliy kenglik; 73,59 gradus sharqiy uzunlik. 

Magnituda M=3,7. Chuqurlik 212 km. Zilzila episentri Toshkentdan 526 km janubi-sharqda.

Bundan tashqari, 6 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 03:10 da Tojikistonda yana bir zilzila sodir bo‘ldi. 

Zilzila koordinatalari: 38,17 gradus shimoliy kenglik; 73,3 gradus sharqiy uzunlik. 

Magnituda M=4,6. Chuqurlik 100 km. Zilzila episentri Toshkentdan 490 km janubi-sharqda.

Mavzuga oid
Top