08:12 / 08.03.2023
9711

Ukraina prezidenti Baxmut himoyasi nima uchun muhimligini tushuntirdi

Baxmutning egallab olinishi Rossiya qo‘shinlariga Ukraina sharqidagi muhim shaharlarni nazorat qilishiga yo‘l ochadi, deya ma’lum qildi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQShning CNN telekanaliga bergan intervyusida, Kiyevning Baxmutni himoya qilish va shahardagi pozitsiyalarni mustahkamlash qarorini tushuntirib. 

Foto: president.gov.ua

Ukraina tomonining fikriga ko‘ra, Baxmutdan keyin rus qo‘shinlari uzoqroqqa - Kramatorsk va Slavyanskka borishlari mumkin edi. "Shu bois yigitlarimiz shu yerda turibdi", – dedi Ukraina davlati rahbari.

Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushidagi vaziyatning navbatdagi sharhida Amerika urushni o‘rganish instituti (ISW) Kiyevning Baxmutni himoya qilishni davom ettirish haqidagi bayonotini tahlil qildi. 

Bu shahar na operatsion, na strategik nuqtayi nazardan fundamental ahamiyatga ega emas, deydi tahlilchilar avvalgi tahliliy sharhni eslatib.

"Ammo Ukrainaning Baxmut uchun kurashi ushbu hududda joylashgan rus qo‘shinlarining hozirgi tarkibi tufayli strategik ahamiyatga ega bo‘ldi. Baxmut jangi "Vagner" XHKning eng yaxshi kuchlarini jiddiy ravishda yo‘q qilishi mumkin, bu esa Rossiyani almashtirish qiyin bo‘lgan o‘zining bir nechta eng samarali zarba berish bo‘linmalaridan mahrum etishi ehtimoli bor, degani", deyiladi ma’lumotda. 

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top