10:13 / 09.03.2023
5417

Termiz aeroporti faoliyati vaqtincha cheklandi

Termiz xalqaro aeroportida ko‘rish imkoniyati yomonlashgani tufayli havo kemalarini qabul qilish va jo‘natishga cheklovlar joriy etildi.

Foto: Uzbekistan Airports

Uzbekistan Airports xabariga ko‘ra, aeroport hududida ko‘rish masofasi 2000 metrni tashkil etmoqda.

Kecha, 8 mart kuni Termiz shahrida kuchli chang bo‘roni hodisasi kuzatilgandi. 

Termiz shahrida ko‘rinish masofasi 1000 metrlardan pasayuvchi kuchli chang bo‘roni hodisalari kuzatila boshlangan.

Natijada, "Toshkent-Termiz" yo‘nalishidagi aviaparvoz ham aynan Termizda kuzatilayotgan kuchli chang bo‘ron sabab aerodromga qo‘na olmasdan ortga qaytgan.

Mavzuga oid
Top