2025 yilda Özbekiston aeroportlarida 128 972 ta aviareys amalga oşirildi, bu – 2024 yilga nisbatan 14 foizga köp, deya ma’lum qildi Uzbekistan Airports.
Ötgan yilgi aviareyslardan 92 480 tasi xalqaro, 36 492 tasi esa içki yönalişlar hissasiga töğri keldi.
2025 yilda Özbekiston aeroportlari 15 504 264 nafar yölovçiga xizmat körsatdi, bu – bir yil oldingiga nisbatan 15 foizga yuqori. Yölovçilarning 12 707 101 nafari xalqaro reyslar, 2 797 163 nafari esa içki aviaqatnovlardan foydalangan.
Şuningdek, ötgan yili Özbekiston aeroportlarida 98 137 tonna yuk va poçta qayta işlangan bölib, bu 2024 yilga nisbatan 12 foizga köp.
2025 yilda Özbekiston aeroportlariga törtta xorijiy aviakompaniya jalb qilindi, bular – Air China, China Eastern, T'way Air (Koreya), Air Asia (Malayziya).
Avvalroq “Özbekiston temir yöllari” va Silk Avia kompaniyalari çipta narxlarini 1 fevraldan oşirayotganini xabar qilgandi.








