Norvegiyaning eng yirik havo darvozasi — Oslo yaqinidagi Gardermuen aeroporti parvozlar taqiqlangan hududda köringan uçuvçisiz uçiş apparati (dron) sababli uçiş-qöniş yölaklaridan birini vaqtinça yopdi. Bu haqda NRK mediakompaniyasi yakşanba, 11 yanvar kuni öz saytida xabar berdi.
Qayd etilişiça, dron 10 yanvar kuni kunduzi aeroport yaqinida qayd etilgan va bu haqda politsiya xabardor qilingan. Politsiya xodimlari dronni boşqargan operatorni aniqlaşga uringan, ammo bu urinişlar samara bermagan. NRK xabar qilişiça, dron ham yöqotilgan, şundan söng hodisani joyida tergov qiliş töxtatilgan.
Xavfsizlik nuqtai nazaridan aeroport rahbariyati şarqiy uçiş-qöniş yölagini vaqtinça yopdi, deb ma’lum qildi aeroport matbuot kotibi Karoline Pedersen. Barça uçiş va qönişlar ğarbiy yölakka yönaltirilgan. Uning sözlariga köra, öşa paytda havo harakati juda faol bölgani uçun hodisa kiçik keçikişlarga sabab bölgan.
TV2 telekanali ma’lumotiga köra, 10 yanvar kuni soat taxminan 14:30 da uçiş-qöniş yölagi yana işga tuşirilgan.
2025 yil kuzi boşidan buyon Yevropa bir qator mamlakatlari aeroportlari işi ular yonida noma’lum dronlar paydo bölişi sabab izdan çiqib kelmoqda. Xususan, sönggi oylarda dronlar Daniyadagi aeroportlar ustida, Şvetsiyaning eng yirik harbiy-dengiz bazasi joylaşgan Karlskruna atrofida, şuningdek Oslodagi harbiy obektlar ustida körilgan. Belgiyada esa dronlar nafaqat aeroportlar, balki NATO bazasi ustida ham uçgan.
Germaniyada dronlar mamlakatning eng yirik aeroportlari — Frankfurt-Mayn, Myunxen hamda Hannover aeroporti işida uzilişlarga olib kelgan. Şuningdek, dronlar mamlakat şimolidagi Kil şahri ustida ham körilgan.
Ayrim kuzatuvçilar bu kabi hodisalarni Rossiyaning Ğarbga qarşi gibrid hujumlari turi deb hisoblaydi. Biroq Yevropada dronlar uçirilişiga Moskva aloqador ekaniga dalillar yöq. Rossiya prezidenti Vladimir Putin bunday ayblovlarni oldin ham rad etgan va Yevropa şaharlarida Rossiya dronlari uçun nişonlar yöqligini aytgan.

















