15:36 / 11.03.2023
24351

MIB direktori o‘zgardi 

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori tayinlandi.

Foto: Bosh prokuratura

O‘zbekiston prezidentining tegishli farmoniga asosan adliya katta maslahatchisi Muzaffar Egamberdiyev Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori lavozimiga tayinlandi.

Muzaffar Egamberdiyev o‘z vaqtida Andijon viloyati prokurori lavozimida faoliyat ko‘rsatgan. Shundan so‘ng, 2018 yilning yanvar oyi oxirlarida Majburiy ijro byurosi direktorining o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi. 

Muzaffar Egamberdiyev Majburiy ijro byurosi direktori lavozimiga tayinlanishiga qadar Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Ma’lumot uchun, shu vaqtga qadar Hasan Kabirjonov Majburiy ijro byurosi direktori lavozimida ishlab kelayotgandi. U 2020 yil 17 noyabrdagi prezident qaroriga asosan MIB direktori lavozimiga tayinlangan.

Mavzuga oid
Top