10:42 / 13.03.2023
4634

BBC boshlovchisi siyosiy tvit tufayli efirdan chetlashtirildi

Gari Lineker hukumatning boshpana haqidagi qonunni kuchaytirish tashabbusini tanqid qildi. Uning televideniyedagi ko‘plab hamkasblari birdamlik belgisi sifatida kameralar qarshisiga chiqishdan bosh tortdi.

Gari Lineker / Foto: AP

Shanba kuni Gari Linekerning televideniyedagi ko‘plab hamkasblari Buyuk Britaniya milliy jamoasi futbolchisining 11 mart kuni boshpana to‘g‘risidagi qonun loyihasini tanqid qilgan tvitidan so‘ng BBC'ning Match of the Day sport shousidan chetlashtirilganiga norozilik bildirishdi. Ularning dasturlari moderatorsiz o‘tdi yoki videoyozuvlar bilan almashtirildi.

7 mart kuni Buyuk Britaniyada ichki ishlar vaziri Suella Bravermanning siyosiy boshpana berish bo‘yicha yangi qonun loyihasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Hujjat loyihasi, boshqa narsalar bilan bir qatorda, Buyuk Britaniya chegaralarini noqonuniy kesib o‘tgan muhojirlarni o‘z vatanlariga yoki xavfsiz uchinchi mamlakatlarga, masalan, Ruandaga, keyinchalik Buyuk Britaniyaga kirishga bir umrlik taqiq bilan chiqarib yuborishni o‘z ichiga oladi.

Shunda, Lineker o‘zining Twitter sahifasida ushbu qonun loyihasi «eng zaiflarga qarshi qaratilgan shafqatsiz siyosat» ekanligini yozdi. Shu bilan birga, u qonun loyihasida qo‘llanilgan ibora 1930-yillarda Germaniyada yangragan gaplarga o‘xshash degan fikrni bildirdi.

10 mart kuni kechqurun BBC rasmiylari Gari Lineker «ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish bo‘yicha kelishuvga erishilmaguncha» efirga chiqmasligini ma’lum qildi. Teleradiokompaniya vakillari o‘z pozitsiyalarini Lineker, ularning fikricha, ommaviy-huquqiy OAV uchun majburiy bo‘lgan siyosiy betaraflik tamoyilini buzgani bilan asoslashdi.

Top