17:09 / 18.03.2023
9159

Prigojin: May oyining o‘rtalariga borib, XHK yana 30 ming jangchini yollaydi

Foto: Reuters

«Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi (XHK) asoschisi Yevgeniy Prigojinning aytishicha, u may oyi o‘rtalariga qadar bo‘linmalardagi jangchilar sonini «taxminan 30 mingga oshirishni» rejalashtirmoqda

Prigojinning izohi uning matbuot xizmatining Telegram’ida e’lon qilingan. XHK egasining qo‘shimcha qilishicha, kuniga yollangan xodimlarning o‘rtacha soni - «hozirda faol o‘sish borligi sababli 500 kishidan 800 kishigacha».

Bundan oldin Prigojinning matbuot xizmati Rossiya OAVdan birining prezident Vladimir Putin va RF Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev «Vagner guruhi» kelajagi haqida go‘yoki muhokama o‘tkazgani to‘g‘risida izoh berish uchun yuborgan «so‘roviga» javobni e’lon qilgandi.
 
Patrushev Putinga «bir yarim oy yoki ikki oy ichida «Vagner»dan hech narsa qolmasligini» aytgan ushbu «muhokama» haqidagi ma’lumotlar Rossiya va Ukrainaning Telegram-kanallari orqali tarqaldi. Prigojin bu kabi muzokaralar haqida eshitmaganligini aytib, «matbuotga izoh berish so‘roviga» javoban audioyozuvni e’lon qildi.

Tahlilchilarning fikriga ko‘ra, Prigojin axborot operatsiyasi uchun «til biriktirish» haqidagi xabarni to‘qib chiqargan bo‘lishi mumkin. 

Bundan tashqari, Patrushev Rossiya Mudofaa vazirligi va Bosh shtabga qarshi kuzatilgan kampaniyalaridan so‘ng Prigojinning navbatdagi nishoniga aylanishi mumkin, deydi ekspertlari. 

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top