London sudi 20–23 yoşdagi olti britaniyalikni poytaxtning şarqida, Ukrainaga yetkazib beriladigan uskunalar saqlangan omborni «Vagner» XHK topşiriği asosida yoqib yuborgani uçun 7 yildan 17 yilgaça ozodlikdan mahrum etdi. Tegişli bayonot juma, 24 oktyabr kuni Qirollik prokuratura xizmati (CPS) saytida e’lon qilindi.
Tergovga köra, 21 yoşli Dilan Erl, oldin turli moddalar tarqatiş bilan şuğullangan, 2023 yilda Telegram orqali Britaniyada terroristik taşkilot deb topilgan Rossiyaning «Vagner» xususiy harbiy taşkiloti bilan boğlangan.
Şundan söng Erl avval taniş bölmagan 23 yoşli Jyeyk Rivzni jalb etgan, Rivz esa öz navbatida 23 yoşli Nii Mensax va Jakim Rouz, şuningdek 21 yoşli Ugniyus Asmenani qöşgan. Rivz avvaliga öt qöyiş «Vagner» topşiriği ekanini bilmagan. U Mensax, Rouz va Asmena bilan birga 2024 yil 20 mart kuni Londonning şarqidagi Leyton tumanida omborda ikki obektni yoqqan, Mensax esa voqeani FaceTime orqali Erlga jonli körsatgan.
Yonğinni öçirişga 60 nafar öt öçiruvçi jalb etilgan. Zarar qariyb 1,5 mln yevroni taşkil etgan. Şunga qaramay, «Vagner» natijadan mamnun bölmagan va va’da qilingan 10,3 ming yevroni guruhga tölaşdan boş tortgan. Pulni qölga kiritiş uçun jinoyatçilar Londonda restoran biznesi bilan şuğullanib, RF hokimiyatini oçiq tanqid qiladigan rossiyalik sobiq tadbirkor Yevgeniy Çiçvarkinni öğirlaşga rozi bölgan. Signal messenjerida muhokama qilingan rejalar orasida uning dökoni va restoranini yoqib yuboriş ham bor edi. Biroq poytaxt politsiyasi bu sodir etilgunça gumonlanuvçilarni qölga olgan.
Eng qattiq jazo Erlga tayinlandi — u 17 yilga ozodlikdan mahrum etildi va qöşimça 6 yillik nazorat (probatsiya) muddati belgilandi. Rivz — 12 yil, Mensax — 9 yil, Rouz — 8 yil, Asmena — 7 yil ozodlikdan mahrum etildi, ularning har biriga qöşimça 1 yildan nazorat muddati tayinlandi. Şuningdek, 20 yoşli Eşton Evans Çiçvarkinni öğirlaş rejasi haqida bilgani holda politsiyaga xabar bermagani uçun 9 yilga hukm qilindi.
Erl va Rivzga çiqarilgan hukmlar 2023 yilda qabul qilingan Milliy xavfsizlik töğrisidagi qonun buzilişi uçun qöllangan ilk qarorlar böldi. Mazkur qonun boşqa davlatlar topşiriği bilan amalga oşirilgan josuslik, diversiya va şu kabi jinoyatlar uçun qattiq jazolarni nazarda tutadi.

















