Malida tinç aholi Rossiya Mudofaa vazirligiga qaraşli, mahalliy armiya bilan hamkorlik qilib kelayotgan Afrika korpusini aholiga nisbatan şafqatsizliklarda ayblamoqda. Jang harakatlaridan qoçgan önlab maliliklar qatl, zörlaş, odam öğirlaş va zöravonlikning boşqa holatlari haqida sözlab berdi, deb xabar qildi Associated Press agentligi yakşanba, 7 dekabr kuni.
Jurnalistlar sönggi oylarda Mavritaniya çegarasi yaqiniga köçib ötgan minglab maliliklar joylaşgan hududda 34 nafar kişi bilan suhbatlaşgan. Ularga köra, Afrika korpusi aholini qörqitiş va zöravonlikka asoslangan taktikaga tayanadi, bu esa mamlakatda avval faoliyat yuritgan «Vagner» XHK usullarini eslatadi.
«Bu — “yondirilgan yer” taktikasi. Askarlar heç kim bilan gaplaşmaydi. Körgan har bir odamga öq uzadi. Na savol beriladi, na ogohlantiriladi. Odamlar ularni nima uçun öldirişayotganini ham bilmaydi», — dedi Malidagi qişloqlardan birining oqsoqoli.
Suhbatdoşlardan ikkisi jurnalistlarga «oq tanli odamlar» tomonidan yoqib yuborilgan qişloqlar aks etgan videoyozuvlarni körsatgan. Yana ikki kişi esa yaqin qarindoşlarining jasadlarini içki a’zolarisiz — jigar va buyraklarisiz topganini ma’lum qilgan.
RF Mudofaa vazirligining Afrika korpusi Mali armiyasiga «Al-Qoida» va IŞID bilan boğliq guruhlarga qarşi kuraşda yordam bermoqda. Ilgari bu vazifalarni «Vagner» XHK yollanma jangçilari bajargan, ammo yoz faslida mamlakat hokimiyati mazkur tuzilma Malidagi iştirokini töxtatişi va uni Rossiya Mudofaa vazirligining bölinmalari almaştirişi haqida bayonot bergan edi.







