16:49 / 18.03.2023
15874

Tojikistonda 4,3 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi 

Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.

Ma’lumotda aytilishicha, 18 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 16:29 da Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi. 

Zilzila koordinatalari: 39,39 gradus shimoliy kenglik; 69,91 gradus sharqiy uzunlik. 

Magnituda M=4,3. Chuqurlik 60 km. Zilzila episentri Toshkentdan 217 km janubi-sharqda.

Mavzuga oid
Top