08:46 / 23.03.2023
7120

AQShda bir yilda sakkizinchi marta bazaviy stavka ko‘tarildi

Kutilganidek, AQShda asosiy stavka yana oshirildi - 0,25 foiz punktga.

Foto: Getty Images

AQSh Federal zaxira tizimi (FZT) bazaviy asosiy stavkani 0,25 foiz punktga oshirdi. Endi uning diapazoni 4,75-5 foizni tashkil etadi, deya xabar beradi agentlik 22 mart, chorshanba kuni. Bir yil ichida sakkizinchi marta oshirilgan stavka 2006 yildan beri eng yuqori darajaga yetdi.

FZT o‘z bayonotida o‘sish tahlilchilarning prognozlariga mos kelishini va Silicon Valley Bank (SVB) hamda Signature Bank'ning yopilishidan keyingi inqiroz bilan bog‘liqligini ta’kidladi. Agentlikning ta’kidlashicha, inqiroz ta’sirining ko‘lami «hali aniq emas», ammo AQSh bank tizimi «sog‘lom va bardoshli».

O‘z navbatida, Ochiq bozorlarda operatsiyalar bo‘yicha federal qo‘mita (FOMC) uzoq muddatda maksimal bandlik va 2 foiz inflatsiyani maqsad qilganini bildirdi.

Top