Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
WhatsApp Windows uchun yangi ilovani taqdim etdi
U tezroq yuklanishi va messenjerning mobil versiyasini eslatuvchi soddalashtirilgan interfeys bilan ajralib turadi.
Foto: AP
WhatsApp nihoyat 2021 yildan beri beta-versiyada bo‘lgan yangi Windows ilovasini ishga tushirdi. U tezroq yuklanishi va messenjerning mobil versiyasini eslatuvchi soddalashtirilgan interfeys bilan ajralib turadi.
Bundan tashqari, WhatsApp desktop versiyasi endi 8 kishigacha bo‘lgan guruhli video qo‘ng‘iroqlarni va 32 kishigacha audio qo‘ng‘iroqlarni qo‘llab-quvvatlaydi. Xizmat kelajakda foydalanuvchilarning do‘stlari, oila a’zolari va hamkasblari bilan bog‘lanishini osonlashtirish uchun ushbu limitlarni oshirishni rejalashtirmoqda.
Shuningdek, mobil telefonlar, kompyuterlar va planshetlarni o‘z ichiga olgan turli xil qurilmalarda xabarlar shifrlanishi ham e’lon qilindi. Ilova, shuningdek, qurilmalararo sinxronlash, havolalarni oldindan ko‘rish va yangi stikerlarni qo‘llab-quvvatlaydi.
Windows uchun yangilangan WhatsApp ilovasini Microsoft Store do‘konidan yuklab olish mumkin.
Mavzuga oid
19:07 / 21.01.2026
Sun’iy intellektdan eng ko‘p foydalanadigan mamlakatlar aniqlandi – O‘zbekiston so‘nggi o‘rinlarda
21:59 / 20.01.2026
2026 yilda 5G texnologiyalarini joriy etish jarayoni davom ettiriladi
15:11 / 16.01.2026
Duma deputati: WhatsApp Rossiyada 2026 yilda to‘liq bloklanishi mumkin
08:58 / 30.12.2025