WhatsApp messenjeri Rossiyada 2026 yilda töliq bloklanişi mumkin, deb hisoblaydi Davlat dumasining axborot siyosati, axborot texnologiyalari va aloqa qömitasi raisi örinbosari Andrey Svinsov. Uning sözlarini 15 yanvar, payşanba kuni TASS davlat axborot agentligi keltirdi.

“Menimça, yil oxirigaça Roskomnadzor WhatsApp’ni yakuniy bloklaş uçun kompleks çoralar köradi. Bu WhatsApp Rossiyada ekstremistik deb tan olingan Meta kompaniyasiga tegişli ekani bilan boğliq. Bunday qattiq çoralar, ayniqsa saylovoldi yilida, mutlaqo asosli”, — dedi deputat.

Ehtimol, Svinsov sentabr oyida ötkaziladigan saylovlarni nazarda tutgan. U saylovlar natijasida yangi Davlat dumasi deputatlari, Rossiyaning 10 ta sub’yekti rahbarlari va 38 ta sub’yektda qonun çiqaruvçi organ deputatlari tayinlanadi.

15 yanvar kuni Roskomnadzor ham messenjer böyiça vaziyatni izohladi. Idorada hozirça “WhatsApp işiga qöyilgan çeklovlarni bekor qiliş uçun asos körilmayapti”, deb bildirildi.

Avgust oyidan beri Rossiyada WhatsApp va Telegram işi faol ravişda çeklanmoqda. Öşandayoq köplab foydalanuvçilar uçun uşbu servislar orqali qönğiroq qiliş imkoniyati yöqolgan.

Hokimiyatlar bu çeklovlarni messenjerlar “pul undirişga majburlaş, fuqarolarni diversiya va terroristik faoliyatga jalb qiliş uçun platforma bölib xizmat qilayotgani” bilan izohlagan.

28 noyabr kuni Roskomnadzor WhatsApp Rossiya qonunlari talablarini bajarmasa, ya’ni huquqni muhofaza qiluvçi organlar bilan hamkorlik qilmasa, töliq bloklanişi mumkinligini ogohlantirgan edi.

22 dekabrdan boşlab esa Rossiyadagi foydalanuvçilar messenjer işidagi muammolar kuçaygani haqida köp şikoyat qila boşladi. RBK manbasiga köra, Roskomnadzor WhatsApp tezligini 70–80 foizgaça sekinlaştirgan.