Taganskiy tuman sudi Rossiyada Telegram va WhatsApp işiga qöyilgan çeklovlarni noqonuniy deb topiş talab qilingan da’vo böyiça iş yuritişni tugatdi. Bu haqda Moskva umumiy yurisdiksiya sudlarining rasmiy Telegram-kanalida duşanba kuni, 29 dekabrda xabar qilindi.
Qarorni sudya Margarita Kuningas çiqardi. Uni bu lavozimga Vladimir Putin 2025 yil oktyabrda tayinlagan.
Kuningas işni körib çiqişga bir haftadan kam vaqt sarflagan. Da’vo 24 dekabrda iş yuritişga qabul qilingan. Uni Roskomnadzor va RF Raqamli rivojlaniş vazirligiga qarşi 105 nafar rossiyalikdan iborat guruh, Kaluga viloyatidan bölgan yoş faol Konstantin Larionov boşçiligida bergan.
“Da’vogar Telegram va WhatsApp axborot resurslari egalari huquqlarini himoya qiliş uçun da’vo kiritişga vakolatli ekanini tasdiqlovçi dalillarni taqdim etmadi”, — deb sudya iş yuritişni tugatiş qarorini asoslagan.
Sudda WhatsApp AQŞning Meta Platforms korporatsiyasiga tegişli ekani eslatildi, RF hokimiyati Meta’ni “ekstremistik” deb topgan va taqiqlagan. Qaror ustidan Moskva şahar sudiga 13 kun içida şikoyat qilinişi mumkin.
Avgust oyidan buyon Rossiyada WhatsApp va Telegram işi faol ravişda bloklanmoqda. Öşandayoq RFdagi aksariyat foydalanuvçilar uçun uşbu servislar orqali qönğiroqlar amalga oşmay qolgan.
28 noyabrda Roskomnadzor WhatsApp Rossiya qonunlari talablarini bajarmasa, ya’ni huquqni muhofaza qiluvçi organlar bilan hamkorlik qilmasa, u töliq bloklanişi mumkinligi haqida ogohlantirgan.
22 dekabrdan boşlab RFdagi foydalanuvçilar WhatsApp bilan boğliq muammolar kuçayganidan şikoyat qila boşlagan. RBK manbasi ma’lumotiga köra, Roskomnadzor uning işlaş tezligini 70–80 foizga sekinlatgan.













