Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda 50 ming dollar evaziga AQShga yubormoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
DXX Samarqand viloyati boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi, deb xabar bermoqda viloyat IIB.
Foto: IIV
Unda, 1996 yilda tug‘ilgan, Samarqand shahrida yashovchi fuqaro J.Y. mahalliy fuqaroni 50 000 AQSh dollari evaziga Toshkent-YeI-Meksika-AQSh yo‘nalishi orqali AQShga jo‘natishni va’da qilib, zaruriy hujjatlarni rasmiylashtirish uchun fuqaro N.T.dan “avans” sifatida 10 000 AQSh dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Fuqaro J.Y.ga tegishli avtomashina ko‘zdan kechirilganida esa fuqaro N.T.ga tegishli xorijga chiqish pasporti, uning qiziga tegishli ID-karta, tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma va hokazolar borligi aniqlanib, ashyoviy dalillarning barchasi tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.
Hozirda holat yuzasidan JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
23:40 / 30.01.2026
Panama kanali Xitoy kompaniyasidan olib qo‘yildi
22:43 / 30.01.2026
BMT «muqarrar moliyaviy inqiroz» xavfi ostida ekani ma’lum bo‘ldi
16:08 / 30.01.2026
Tramp Putin kuchli sovuq tufayli Kiyevga zarbalarni to‘xtatib turishini aytdi
15:32 / 30.01.2026