AQŞ prezidenti Donald Tramp rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bir hafta davomida Kiyevga zarbalar bermay turişga rozi bölganini ma’lum qildi. Payşanba kuni tongda Z-blogerlar Kiyev şahri va Kiyev oblastidagi har qanday obektga hamda butun Ukraina böylab energetika infratuzilmalariga zarbalar yöllaşga moratoriy bölişini anons qilişgandi. Juma kuni Kreml bu ma’lumotni tasdiqladi.

«Sovuq tufayli, kuçli sovuq tufayli – ularda ham xuddi bizdagi kabi vaziyat – men şaxsan prezident Putindan bu noodatiy sovuq havoda bir hafta mobaynida Kiyev va boşqa şaharlarni öqqa tutmay turişni söradim», – degan Tramp Oq uyda öz ma’muriyati a’zolari bilan uçraşuvda.

«Va u bunga rozi böldi. Aytişim kerakki, bu juda yoqimli», – deya qöşimça qilgan AQŞ prezidenti.

Şuningdek, Tramp uşbu yiğilişda maxsus vakillari Stiv Uitkoff va Jared Kuşner «juda qattiq işlayotgani» evaziga Ukrainadagi uruşning yakuni yaqinlaşayotganini aytgan.

«Bu Amerika ma’muriyatlari tarixidagi eng omadli yil böldi <...> Biz sakkizta uruşni töxtatdik. Va yana biri, bizning fikrimizça, yakunlaniş arafasida. Stiv Uitkoff va Jared [Kuşner] juda qattiq işlayapti. Va öylaymanki, biz uruşning yakuniga yaqinlaşmoqdamiz», – dedi Amerika prezidenti.

Payşanba kuni ertalab blogosferada ehtimoliy moratoriy mavzusi muhokamasi boşlangandi. Bu haqda ham rossiyalik, ham ukrainalik telegram-kanallarda yozilgandi. Bu mavzuni rossiyalik harbiylaşgan blogerlardan birinçi bölib Vladimir Romanov kötargan va öziga yetib kelgan xabardan skrinşotni e’lon qilgandi.

U öziga payşanba kuni soat 7:00 dan boşlab «öt oçib zarba berişga, ya’ni Kiyev şahri va Kiyev oblastidagi har qanday obektga, şuningdek, butun Ukraina böylab har qanday infratuzilma obektlariga zarba berişga taqiq qöyilgani» haqida «ma’lumot yetib kelgani» haqida yozgan.

Keyinroq Romanov rossiyalik harbiylar 28 yanvardan boşlab keyingi maxsus körsatmaga qadar butun Ukraina hududi emas, faqat Kiyev şahri va Kiyev oblasti hududlarida energetika infratuzilma obektlariga (elektr nimstansiyalar, issiqlik elektr stansiyalari, gidro elektr stansiyalar, gaz omborlari, neft bazalari va yonilği-moylaş materiallari saqlanadigan omborlar) «zarba berişi istisno qilinişi» buyurilgan yana bir xabardan iqtibos keltirdi.

«Çeklov 03.02.2026 sanasiga qadar amal qilişi haqida oğzaki topşiriq bor», – deya qöşimça qilgan bloger.

Trampning sözlari ortidan Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy X ijtimoiy tarmoğida AQŞ prezidentiga minnatdorçilik bildirdi.

«AQŞ prezidentining uşbu ekstremal qiş mavsumida Kiyev va Ukrainaning boşqa şaharlari xavfsizligini ta’minlaş imkoniyati haqidagi muhim bayonoti. Elektr ta’minoti – hayotning asosi. Biz hamkorlarimizning insonlar hayotini himoya qiliş borasidagi sa’y-harakatlarini qadrlaymiz. Rahmat, prezident Tramp!» – deb yozdi u.

Financial Times jurnalisti Kristofer Miller Ukraina rasmiy şaxslari unga moratoriy haqida faqat Trampning bayonoti orqali xabar topişgani, Rossiyadan signal kelmagani va hozirça bunday sulhga erişilganiga işonçi komil emasligini aytişgani haqida xabar qildi.

Faqat 30 yanvar kuniga kelib Kreml Tramp Putinga şunday iltimos bilan çiqqanini tasdiqladi.

«[AQŞ prezidenti Donald] Tramp çindan ham [Rossiya prezidenti Vladimir Putinga] muzokaralar uçun qulay şaroit yaratiş maqsadida 1 fevralgaça Kiyevga zarba berişdan tiyiliş böyiça şaxsiy iltimos bilan murojaat qildi», – dedi Kreml rasmiy vakili Dmitriy Peskov jurnalistlarga.

Putin Trampning iltimosiga rozi böldimi, deya aniqlaştiriş maqsadida berilgan savolga Peskov şunday javob qaytargan:

«Ha, albatta, bu axir Trampning şaxsiy iltimosi».

RF prezidenti matbuot kotibi bu masalada ortiq izoh bermagan.

Kiyevda yaşovçi ayol quvurlar muzlab qolmasligi uçun vannada şam yoqib qöymoqda
Sergei Gapon / AFP / Scanpix / LETA

Tinçlik muzokaralari

Avvalroq FT gazetasi AQŞ va Ukraina Rossiyaga çeklangan öt oçişni töxtatiş rejimini taklif qiliş imkoniyatini muhokama qilişgani, uning doirasida Kiyev Rossiya neftni qayta işlaş korxonalari va «yaşirin flot» tankerlariga hujumlarini töxtatişi evaziga Moskva Ukrainadagi energetika infratuzilmasiga zarba berişni töxtatişi közda tutilganini xabar qilgandi.

Şu bilan birga, naşr manbalaridan biri Rossiya bilan bu taklif böyiça muzokaralar «jadal bosqiçda emasligi»ni aytgandi. U Putin Ukraina energetika infratuzilmalariga zarbalarni muhim dastak sifatida körişidan kelib çiqib, moratoriyga rozi bölişiga dargumonligini taxmin qilgandi.

Ukrainalik yuqori martabali mulozimlardan biri Financial Times naşriga, Kiyev ham energetika sohasida öt oçişni töxtatiş borasida ikkilanayotganini aytib, buni Ukraina uzoq masofali dronlardan foydalaniş dasturi doirasida Rossiyaning neft-gaz obektlariga, sönggi paytlarda esa Qora dengizdagi neft tankerlariga (Kiyev ular Kreml harbiy maşinasini oziqlantirmoqda, deb hisoblaydi) muvaffaqiyatli zarbalar berayotgani bilan izohlagan.

Joriy yil boşida Rossiya Ukraina energetikasiga hujumlarni köpaytirdi. Yangi tölqin kuçli sovuqlarga töğri keldi. Elektr energetikasi obektlari öqqa tutilişi köp qavatli turar joy binolari issiqlik ta’minoti va içimlik suvidan ham mahrum bölişiga olib keldi.

Yanvar oyida rossiyalik harbiylar yuzlab raketalar va dronlardan foydalangan holda uç marta – 9, 20 va 24 yanvar kunlari yopirilma hujum amalga oşirdi, bu hujumlarning asosiy yönalişi har safar Kiyev böldi. Har bir hujumdan keyin minglab köp qavatli uylar issiqlik ta’minotisiz qoldi.

Yaqin kunlarda Kiyevda yana kuçli sovuq bölişi va harorat –25 darajagaça tuşişi kutilmoqda. Çorşanba kuni Zelenskiy razvedka ma’lumotlariga tayanib, Rossiya yangi hujumga tayyorlanayotgan bölişi mumkinligini aytgandi.

Sönggi yopirilma zarba va Kiyevdagi minglab köp qavatli uylar issiqlikdan uzilişi 24 yanvar kuni röy bergandi, öşa kuni Abu-Dabida uruş boşidan buyon ilk bor Rossiya, Ukraina va AQŞ vakillari iştirokida uç tomonlama muzokaralar bölib ötayotgandi.

Muzokaralarning ikkinçi bosqiçi 1 fevralga rejalaştirilgan. AQŞ davlat kotibi Marko Rubio şu kunlarda Trampning vakillari Stiv Uitkoff va Jared Kuşner yangi uçraşuvlarda iştirok etmasligini ma’lum qildi. U şuningdek, Donbassdagi hududiy yon berişlar mavzusi AQŞ vositaçiligidagi muzokaralarda fikrlarni muvofiqlaştirişni talab qiladigan asosiy hal qilinmagan masala bölib qolayotganini aytgan.

Putinning yordamçisi Yuriy Uşakov Rubioning sözlarini izohlar ekan, uning fikriga qöşilmadi. «Men bunday deb öylamayman», – deya uning sözlaridan iqtibos keltirgan Reuters agentligi. Keyinroq Uşakov Rossiyaning «Birinçi kanali»ga bergan intervyusida şunday dedi: «Hududiy masala – eng asosiy masala, ammo köplab boşqa masalalar ham kun tartibida qolmoqda».

Amerika tomoni tinçlik muzokaralarida «sezilarli taraqqiyot» va «köp ijobiy» natijalarga erişilganini ta’kidlaşda davom etmoqda.

«Ötgan yakşanba kuni Abu-Dabida Jared [Kuşner], men va [AQŞ quruqlikdagi qöşinlar vaziri] Den Driskoll Rossiyaning beş generali bilan uçraşdik. Va biz sezilarli yutuqlarga erişdik, deb hisoblaymiz, – dedi Uitkoff Oq uydagi yiğilişda. – Hududlar böyiça kelişuvni muhokama qilayotgan tomonlar örtasida köplab ijobiy işlar amalga oşirilmoqda. Biz [xavfsizlik kafolatlari] töğrisidagi kelişuv va [Ukrainani uruşdan keyingi tiklaş rejasi] böyiça farovonlik kelişuvi ustidagi işlarni deyarli yakunladik. Va öylaymanki, Ukraina xalqi biz yaqin orada tinçlik bitimi tuzişimizga umid qilmoqda va kutmoqda».

Sönggi ma’lumotlarga köra, Kiyevda 454 ta turar joy binosi hamon issiqlik ta’minotisiz qolmoqda.