Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainaga 2027 yilgacha qarzlarini qaytarmaslikka ruxsat berildi
Kiyev tomonidan qarzlarning to‘loviga moratoriy 2027 yilgacha uzaytirildi.
Foto: Reuters
Kreditorlar Ukrainaga yana to‘rt yil davomida qarzlarini qaytarmaslikka ruxsat berishdi. Kiyev tomonidan ularning to‘lovlariga moratoriy 2027 yilgacha uzaytirildi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.
Agentlikning aniqlik kiritishicha, bu qaror Kiyevga Xalqaro valuta jamg‘armasi (XVJ) tomonidan 15,6 milliard dollar ajratish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishilganidan keyin qabul qilingan.
Qayd etilishicha, bu XVJ tarixida harbiy mojaroda ishtirok etayotgan davlatga berilgan birinchi kredit bo‘ladi. Ushbu dastur to‘rt yilga mo‘ljallangan.
«Bu dasturning asosiy maqsadlari favqulodda yuqori noaniqlik sharoitida iqtisodiy va moliyaviy barqarorlikni saqlash, qarz barqarorligini tiklash va mojarodan keyin Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish yo‘lida tiklanishini qo‘llab-quvvatlashdir», deb bayonot berdi XVJ.
Mavzuga oid
15:18 / 22.01.2026
Grenlandiya bo‘yicha bahs Ukrainaga ko‘mak haqidagi muzokaralarni izdan chiqardi
14:05 / 22.01.2026
RF Ukrainaga “Iskander” va qariyb 100 ta dron bilan hujum qildi
12:56 / 22.01.2026
Tramp Davosda Zelenskiy bilan uchrashmoqchi
10:13 / 22.01.2026