13:44 / 05.05.2023
8756

Kiyev: Ukraina dronlarni boshqarish bo‘yicha 10 ming operatorni tayyorlagan

Ukraina «Dronlar armiyasi» hukumat dasturi doirasida 10 ming nafar uchuvchisiz uchish apparati (UUA) operatorlarini o‘qitdi. Bu haqda mamlakatning raqamli transformatsiyalar vaziri Mixail Fedorov Ukrainaning «Rada» telekanali efirida gapirdi. 

Foto: mil.in.ua

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainada 20 dan ortiq UUA operatorlarini tayyorlash maktablari mavjud. 

Dronlarni ishlab chiqarish va ulardan foydalanish bo‘yicha hukumatning «Dronlar armiyasi» loyihasini moliyalashtirish uchun dunyoning turli mamlakatlari aholisidan 325 million dollar xayriya yig‘ildi, deya tushuntirdi Fedorov. 

3 mayga o‘tar kechasi Rossiya prezidentining Kremldagi qarorgohi joylashgan Senat saroyi gumbazi ustida ikkita uchuvchisiz uchish apparati portlab ketdi. Rossiya rasmiylari voqeada Ukraina maxsus xizmatlarini aybladi. Kreml matbuot xizmati hujumni "rejalashtirilgan terrorchilik harakati va prezidentga suiqasd" sifatida baholashini aytdi. Rasmiy Kiyev hujumga aloqadorligini rad etdi.

Ukraina rasmiylari Kremlga uchuvchisiz uchoq hujumiga buyruq bergan bo‘lishi dargumon. Bu haqda 4 may, payshanba kuni Deutsche Welle nashriga bergan intervyusida Yevropa tashqi aloqalar kengashining mudofaa siyosati va harbiy texnologiyalar bo‘yicha eksperti Ulrike Franke aytib o‘tdi.

Franke Qrim ko‘prigi va Rossiya hududidagi turli obektlarga qilingan hujumni eslab: "Bu turdagi hujum Ukraina haqiqatda amalga oshirgan Rossiya hududidagi boshqa hujumlardan juda farq qiladi", dedi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgacha Ukraina uchuvchisiz uchoqlarining Rossiya hududiga bergan barcha zarbalari “aniq harbiy nishonlarga qaratilgan”, shuning uchun Franke Ukrainaning Kremlga hujumni inkor etishini ishonchli deb hisoblaydi.

Mutaxassis, shuningdek, Rossiyada mavjud bo‘lgan Rossiya yoki Ukraina kuchlarining zarbaga aloqador bo‘lishi mumkinligini istisno qilmadi, chunki dron unchalik katta emas va sezilarli masofani bosib o‘ta olmaydi. “Ehtimol, u Ukrainadan uchib kelmagan, balki yaqinroq joydan uchirilgan”, dedi Franke.

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top