Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni raqib murabbiyi bilan mushtlashgani sabab sportdan chetlashtirildi
Puerto-Riko boks komissiyasi sobiq jahon chempioni Xuan Manuel Lopesni olti oyga chetlatish haqida qaror qabul qildi. Bu uning murabbiy Albert Rivera va kichik Vilfredo Vaskes bilan jangdan so‘ng mushtlashgani sabab ro‘y berdi, deb xabar qiladi Boxingscene portali.
Ikkinchi yengil vazn toifasida qatnashadigan Lopes 2016 yilning 29 oktabr kuni hamyurti Vaskesni 11-raundda nokautga uchratgandi. G‘alabani nishonlash paytida ringga Vaskesning murabbiyi Rivera chopib chiqdi va Lopes bilan mushtlashib ketgan.
Puerto-Riko boks komissiyasi hodisadan so‘ng mushtlashuvda ishtirok etgan har ikki shaxsni chetlatib, ularga 1 ming va 500 AQSh dollari miqdorida jarima tayinladi.
Ma'lumot uchun, Lopes 2012 yilda jangdan so‘ng refereni haqorat qilgani uchun bir yilga diskvalifikatsiya qilingandi.
Mavzuga oid
17:53 / 14.11.2025
Olimpiada chempioni Lazizbek Mullajonov doping tufayli 3 yilga chetlatildi
21:19 / 28.10.2025
Pakyao va Meyvezer revansh jangini o‘tkazadi
19:36 / 22.09.2025
Bokschi o‘n yillar oldin qo‘lga kiritgan medalini o‘zini adolatli tarzda mag‘lub etgan raqibiga qaytardi
18:37 / 19.09.2025