37 yoşli amerikalik boksçi Terens Krouford 14 sentabr kuni uçinçi marta mutlaq jahon çempioni unvonini qölga kiritdi. Şundan söng, uning professional rekordi 42-0 (42 ğalaba, şundan 31 tasi nokaut bilan, 0 mağlubiyat) böldi.

Bu natijasi uçun nufuzli ESPN sport portali uni vazn toifalaridan qat’i nazar boksçilar reytingida birinçi öringa qöydi.

Endi eng yaxşi boksçilar röyxati quyidagiça köriniş oldi:

- Terens Krouford (42-0, 31 KO);

- Oleksandr Usik (24-0, 15 KO);

- Naoya Inoue (31-0, 27 KO);

- Dmitriy Bivol (24-1, 12 KO);

- Jyessi Rodriges (22-0, 15 KO);

- Artur Beterbiyev (21-1, 20 KO);

- Şukur Stivenson (24-0, 11 KO);

- David Benavidez (30-0, 24 KO);

- Dzunto Nakatani (31-0, 24 KO);

- Kanelo Alvares (63-3-2, 39 KO).

Eslatib ötamiz, Krouford 14 sentabrga ötar keçasi Las-Vegasdagi Allegiant Stadium arenada Saul Kanelo Alvaresni mağlub etdi. Jang töliq 12 raund davom etdi va hakamlarning yakdil qarori bilan Krouford foydasiga hal böldi (116-112, 115-113 va 115-113).