Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“50 tonnagacha hosil olamiz” - Quvadagi sabzi paykaliga sayohat
Quva tumanining Akbarobod qishlog‘ida qizil sabzining eng oliy navi yetishtiriladi, chunki yeri unumdor, suvi yaxshi. Ayni paytda qirov yegan sabzilar yig‘ishtirib olinib muzlatkichlarga joylanyapti.
Dalaga borganimizda sabzi terimiga jalb qilingan bir guruh ayollar tushlik qilayotgan ekan.
“Andijon viloyati Shahrixon tumanidan 20-30 nafar ayol kelib Quva tumanida sabzi yig‘ishtiramiz. Traktor kultivatsiya qilib ketadi. Biz sabzini bandidan olib tozalab beramiz, erkaklar qopga solib beradi.
Sabzilarni bozorlarga, muzlatkichlarga olib ketishyapti. Fermerlarimiz kunlik ishlarni tashkil qilib berishyapti. Har kuni ish bor. Kuniga 120, 130 ming pul ishlaymiz. Paxta mavsumida paxta teramiz”, deydi To‘lqinoy To‘xtasinova.

Dehqonlar gektaridan o‘rtacha 50 tonnagacha hosil olishadi. Har yili sabzi sotib olib maxsus muzlatkichda saqlab bahordan sotuvga chiqaradigan tabdirkorning aytishicha, dalaning o‘zida ayni paytda 1 kg qizil sabzi o‘rtacha 2 000 so‘mdan sotilayotgan ekan.

“Muzlatkichlar o‘rtacha 100 tonnadan 120 tonnagacha sabzi qabul qiladi. Muzlatkich egasi har bir kg sabzi uchun 100 so‘mdan oylik ijara haqi oladi. 100 tonna sabzi uchun to bahorgacha har oy 10 million so‘mdan ijara puli beraman. Bahordan boshlab sekin-asta bozorlarda sabzi tanqis bo‘lib, narxlar siljishni boshlaydi.

O‘sha paytdan boshlab sabzilarni sotishni boshlaymiz. Qo‘shni respublikalarga viloyatimizdan sabzi eksport yoki import bo‘lishi hisobiga narx istalgan paytda o‘zgarishi mumkin. Bunday tashqari sabzi narxining o‘zgarishi va iste’mol miqdori bevosita sholi hosildorligiga ham bog‘liq. Guruch narxi pasaysa sabzi iste’moli ortadi. Iste’mol ortishi narxlarga ta’sir qiladi”, deydi tadbirkor.
Sarvar Ziyoyev,
Sardor Mamirov,
Kun.uz
Mavzuga oid
19:19 / 01.12.2025
Quvada erkak turmush o‘rtog‘i va ikki farzandini o‘ldirganlikda gumonlanmoqda
17:40 / 20.11.2025
“Ko‘mirning o‘zi bilan bahorga chiqib bo‘lmaydi” - Quvaliklar qishga tayyorlanmoqda
23:35 / 09.11.2025
“Sudyadan adolatli bo‘lishni so‘ragandim”: jabrlanuvchi Gulira’no Qosimova sud zalidan chiqarib yuborildi
11:15 / 23.10.2025