Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonda Rossiyaning yana bir harbiy bazasi paydo bo‘lishi mumkin
Qirg‘izistonning Rossiyadagi yangi elchisi Alikbek Jyekshenkulov mamlakat janubida Rossiyaga qarashli ikkinchi harbiy bazaning ehtimoliy ochilishi haqidagi savolga javob berdi. Bu haqda TASS xabar qilmoqda.
Foto: Dmitriy Serebryakov/TASS
Uning so‘zlariga ko‘ra, Kantdagi mavjud aviabaza butun Markaziy Osiyo uchun muhim barqarorlashtiruvchi omil hisoblanadi. Bishkek esa uni kuchaytirish bo‘yicha taklifni qo‘llab-quvvatlayapti. Shu bilan birga, yana bir bazaning ochilish ehtimoli istisno etilmayapti.
«Shuning uchun, menimcha, bu masala ikki mamlakat prezidentlarining mart oyida bo‘lib o‘tadigan uchrashuvida muhokama qilinishi mumkin», - dedi Jyekshenkulov.
Uning ta'kidlashicha, Farg‘ona vodiysining o‘ziga xos xususiyatlarini ham e'tiborga olish kerak, Qirg‘izistonning janubi uning bir qismi sanaladi. Qayd etilishicha, bu yerda ijtimoiy-iqtisodiy va demografik xususiyatga ega qator dolzarb masalalar mavjud.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 3-4 fevral kunlari rasmiy tashrif bilan Bishkekda bo‘lishi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
22:26 / 19.02.2026
Rossiyada ishlayotgan migrantlar uchun qo‘shimcha to‘lovlar joriy etilishi mumkin
20:31 / 19.02.2026
O‘zbekiston Rossiyaga uzum yetkazib berish bo‘yicha Xitoyni ortda qoldirdi
14:31 / 19.02.2026
Mers Putin bilan munosabatlar normallashishini «deyarli istisno etdi»
12:08 / 19.02.2026