Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sergey Lavrov Qirg‘iziston va Turkmanistonga boradi
Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 3-4 fevral kunlari rasmiy tashrif bilan Bishkekda bo‘ladi. Bu haqda 31 yanvar kuni Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarova xabar berdi.
Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov S.Lavrovni qabul qilishi kutilmoqda. Shuningdek, Rossiya TIV rahbari Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Chingiz Aydarbekov bilan ham muzokaralar o‘tkazadi. Bu yil Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Qirg‘izistonga davlat tashrifiga tayyorgarlik masalasiga alohida e'tibor qaratiladi.
Bundan tashqari, Rossiya-Qirg‘iziston hamkorligi asosiy jihatlari, tomonlarning Yevrosiyo mintaqasidagi integratsiyalashgan uyushmalarda ishtirok etishi, xususan, Qirg‘izistonning 2019 yilda KXShT va ShHTga raislik qilishi bo‘yicha fikr almashiladi. Shuningdek, xalqaro kun tartibidagi masalalar, shu jumladan, BMTdagi hamkorlik masalalarini muhokama qilish rejalashtirilmoqda.
5-6 fevral kunlari esa Sergey Lavrov Turkmanistonga Markaziy Osiyo mamlakatlariga turne doirasida safar qiladi. Tashrif chog‘ida Rossiya tashqi ishlar vaziri Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashishi, shuningdek, mamlakat tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov bilan muzokaralar o‘tkazishi kutilmoqda.
Mariya Zaxarovaning aytishicha, tomonlar ikki tomonlama kun tartibidagi asosiy masalalarni, Kaspiy mintaqasi davlatlari manfaatlariga ta'sir qiladigan qator xalqaro, mintaqaviy masalalarni ko‘rib chiqadilar.
Eslatib o‘tamiz, Turkmaniston «Gazprom»ning turkman gazi sotib olishni tiklash bo‘yicha qarorini kutmoqda. Avvalroq, Rossiyaga gaz eksporti 2019 yil yanvaridan boshlanishi xabar berilgandi, ammo hozirgi paytda Rossiya Federatsiyasiga gaz yetkazib berish boshlangani ma'lum qilinmadi.
Mavzuga oid
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
21:20 / 04.06.2026
Baydenning urushi Trampning urushiga aylandi - Sergey Lavrov
12:20 / 04.06.2026
Qirg‘iziston ilk marta BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibiga saylandi. O‘zbekiston qardosh xalqni tabrikladi
21:45 / 30.05.2026