Iqtisodiyot | 19:08 / 06.09.2025
4469
1 daqiqa o‘qiladi

Farg‘ona vodiysida AGTKSh hamda yirik iste’molchilarga tabiiy gaz yetkazib berilishi qayta tiklanadi

6 sentabr kuni soat 20:00 dan boshlab tabiiy gaz ta’minotini tiklash ishlari boshlanadi.

Foto: Energetika vazirligi

6 sentabr kunidan boshlab, Farg‘ona vodiysidagi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari (AGTKSh) faoliyati qayta tiklanadi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

«Farg‘ona vodiysi iste’molchilarini tabiiy gaz bilan ta’minlovchi «Ohangaron–Pungon» magistral gaz quvurining tog‘li hududidan o‘tuvchi qismida qariyb 22 km qo‘shimcha qurilgan quvur tarmoqqa ulandi va montaj ishlari yakunlandi», deyiladi xabarda.

Qayd qilinishicha, 6 sentabr kuni soat 20:00 dan boshlab Andijon, soat 21:00 dan boshlab esa Farg‘ona va Namagan viloyatlaridagi AGTKSh hamda yirik iste’molchilarga tabiiy gaz yetkazib berilishi qayta tiklanadi.

Ta’kidlanishicha, mazkur quvurning ishga tushirilishi vodiy viloyatlari iste’molchilarining tabiiy gaz ta’minoti ishonchliligini oshirishga xizmat qiladi.

Mavzuga oid