Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston va O‘zbekiston Rossiya gazi tranziti bo‘yicha shartnoma imzoladi
Qozog‘iston Rossiya gazi tranzitini yiliga 8,4 milliard kub metrgacha oshirishni ko‘rib chiqmoqda.
Qozog‘istonning «QazaqGaz» davlat kompaniyasi va «O‘ztransgaz» O‘zbekiston hududi orqali gaz tranziti bo‘yicha shartnoma imzoladi. Bu haqda «QazaqGaz» xabar berdi.
Qayd qilinishicha, O‘zbekiston tomonidan hujjatni «O‘ztransgaz» boshqaruv raisi vazifasini bajaruvchi Asqar Isoqov, «QazaqGaz» tomonidan esa boshqaruv raisi Alibek Jamauov imzoladi.
«Shartnomaning imzolanishi gazning barqaror tashilishini ta’minlash bo‘yicha kelishuvlarni mustahkamlaydi va gaz transporti sohasidagi hamkorlikni kuchaytiradi. Bitim mintaqaviy gaz infratuzilmasining ishonchliligini oshirish va kuz-qish mavsumini barqaror o‘tkazish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi», deyiladi xabarda.
Qozog‘iston Energetika vaziri Yerlan Akkenjyenovning aniqlik kiritishicha, gap Rossiya gazining tranziti haqida ketmoqda.
«Bu Rossiya gazining tranziti. Umuman olganda, biz tranzitni yiliga 8,4 milliard kub metrgacha oshirishni ko‘rib chiqmoqdamiz», dedi vazirlik rahbari jurnalistlar bilan uchrashuvda.
Mavzuga oid
00:26
Qozog‘iston-Rossiya chegarasida avtomobillardan iborat ko‘p kilometrli tirbandlik yuzaga keldi
08:40 / 06.06.2026
Kremlda Putin va Shryoder o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
22:29 / 05.06.2026
Rossiya yana urushni tanladi - Zelenskiy Putinga javob berdi
20:55 / 05.06.2026