Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mash'um fojia: Toshkentda bir oilaning uch qizi birin-ketin vafot etdi
Toshkent shahri, Olmazor tumani, Beshqo‘rg‘on mavzei (Tansiqboyev-3)da yashovchi oilaning uch norasida farzandi ketma-ket vafot etdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda bu oilani yaqindan tanigan qo‘shnilarning so‘zlariga ko‘ra, qizlar qiyma kabob tanovul qilganidan so‘ng qorinda og‘riq paydo bo‘lganini aytishgan. Keyin esa og‘riq qoldiruvchi dori iste'mol qilishgan.
Biroq biroz vaqt o‘tgach, qizlarning ahvoli yanada og‘irlashadi va ulardan birining joni «tez yordam» mashinasida uziladi. Qolgan qizlarning ham ahvoli og‘ir bo‘lganligi sabab yuqumli kasalliklar shifoxonasiga jo‘natiladi. Ma'lum bo‘lishicha, ular ham birin-ketin vafot etishgan.
Hozirda yosh qizaloqlar aynan nima sababdan vafot etgani haqida aniq ma'lumotlar yo‘q. Ularning dori yoki iste'mol qilingan taomdan zaharlangani taxmin qilinmoqda. Tuman prokuraturasi esa mazkur voqea yuzasidan jinoyat ish ochgan.
KUN.UZ muxbiri mazkur fojia tafsilotlarini bilish maqsadida Respublika sanitariya-epidemiologiya xizmatiga murojaat qilganida, markaz xodimasi bu ish bo‘yicha ma'lumot berishdan bosh tortdi. Shuningdek, Sog‘liqni saqlash vazirligi ham voqea yuzasidan aniq ma'lumot bermadi.
Mavzuga oid
16:06 / 16.12.2025
Qurilish vazirligining binosi 182,5 mlrd so‘mga sotildi
16:00 / 16.12.2025
Onkologiya shifoxonalari yopilishi: uzayadigan bemorlar navbati va yopiq qarorlar xavfi
18:10 / 15.12.2025
Toshkentda yashovchi shaxs uyini ta’mirlash chog‘ida granata va boshqa qurollarni topib oldi
14:26 / 15.12.2025